Get Mystery Box with random crypto!

Sizda UZCARD kompaniyasida amaliyot o‘tash uchun noyob imkoniy | UZCARD

Sizda UZCARD kompaniyasida amaliyot o‘tash uchun noyob imkoniyat bor! UZCARD 3-4 kurs talabalari, magistrantlar va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun amaliyot o‘tash dasturi boshlanganini e’lon qiladi. Yo'nalishlar: HR, moliya, IT, axborot xavfsizligi, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, ma'lumotlar bazasini boshqarish, tarmoq boshqaruvi, marketing va boshqalar.

Dasturning maqsadi – iqtidorli yoshlarni UZCARD jamoasiga jalb qilishdir.

Nomzodlar amaliyotda o‘zlarini qiziqtirgan kasblarni oʻrganishi, zarur kasbiy bilimlar va tajribaga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Amaliyot 3 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin.

Dasturda qatnashish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni career@uzcard.uz elektron pochtasiga yuborishingiz, xat mavzusida esa “amaliyot uchun ariza” deb ko’rsatishingiz kerak.