Get Mystery Box with random crypto!

#music_time Olib qochgum seni baribir, Qo’l uzamiz dardlar b | Bestseller e-book

#music_time

Olib qochgum seni baribir,
Qo’l uzamiz dardlar bo’ynidan,
Biz zerikdik, biz charchadik axir,
Baxtlar kutib taqdir qo’ynidan.
 
Band-bandidan uzilar gullar,
Chekinadi moviy rang tunlar,
Peshvoz chiqar anvoyi kunlar...
Bizni kutar biz kutgan kunlar!

Olib qochkum seni baribir,
Qo’l uzamiz dardlar bo’ynidan,
Biz zerikdik, biz charchadik axir,
Baxtlar kutib taqdir qo’ynidan.
 
Muncha turar nozlanib guling,
Dudog’ingda yayraydi bo’sa,
Xayolingda sayrar bulbuling,
Quchog’ingda o’ladi, o’lsa.

Band-bandidan uzilar gullar,
Chekinadi moviy rang tunlar,
Peshvoz chiqar anvoyi kunlar...
Bizni kutar biz kutgan kunlar!

......

Xo’rsinasan, ko’zing artasan,
Jilmayasan, xayol surasan,
Ishonmaysan, ohlar tortasan,
Sen sevasan, lekin aytmaysan...

@uzbyouth