Get Mystery Box with random crypto!

​​ XUSUSIY OLIYGOHLARDA QABUL VA O‘QISHNI KO‘CHIRISH HAQIDA! | 🇺🇿O'zbekiston yoshlari Qirg'izistonda🇰🇬

​​ XUSUSIY OLIYGOHLARDA QABUL VA O‘QISHNI KO‘CHIRISH HAQIDA!

Xorijdan xususiy oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Xorijdan xususiy oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish mumkin. Bu vaziyatga OO‘MTV aralashmaydi, tartibini xususiy oliygoh belgilaydi.

Imtihon yoki imtihonsiz?

Ayrim oliygohlar imtihon asosida qabul qiladi, ayrimlari suhbat asosida. Qanday shaklda bo‘lishini xususiy OTM o‘zi hal qiladi.

Diplomi o‘tadimi o‘zi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya tomonidan litsenziyalangan bo‘lsa, Respublika hududida albatta diplomi o‘tadi. Inspeksiyaning ochiq ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda litsenziya olgan xususiy oliygohlar 47 taga yetdi.

Xususiyda o‘qiganlarga ish yo‘qmi?

"Xususiyda o‘qiganga ish topilmaydi" degan gaplar o‘tmishda qolgan. Xususiy oliygohlarning diplomi davlat oliygohlarining diplomi bilan teng kuchga ega. Kimdir sizga bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting: https://t.me/Talim_Live/1491

Qabul qachongacha davom etadi?

Bu ham xususiy oliygoh ixtiyorida, qabul o‘zi belgilagan vaqtda bo‘ladi. Hozirda ayrimlari qabulni yakunladi, ayrimlarida davom etyapti.

Consulting orqali kirish kerakmi yoki o'zimiz borsak bo‘ladimi?

Bu OTMga bog'liq, masalan, ba‘zi xususiy oliygohlar umuman consultinglar bilan ishlamaydi, ba‘zilari consulting firmalar bilan ishlashni tizimlashtirgan. Talabgor o‘zi borgandan ko'ra, consulting bilan ishi tez bitadi, ayniqsa suhbatga tayyorlanishda.

Litsenziyasi borligini qayerdan tekshirsam bo‘ladi?

Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Consultinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali haqiqiy yoki soxta ekanligini tekshirishingiz mumkin. Eng afzal yo‘li – taʼlim inspeksiyasining rasmiy web-sayti TDI.UZ orqali litsenziyalangan oliy ta'lim tashkilotlarining ro'yxatini bilan tanishsangiz bo'ladi.

Xususiydan litsenziya olib qo‘yilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi? — Bu bo'yicha huquqiy asosda post tayyorlayapmiz (vahimaga o‘rin yo‘q) hozircha reaksiya bilan qo‘llab-quvvatlab turinglar

P/S. Bu reklama emas, xolis tavsiya

Post olinganda manba ko'rsatilishi shart!

Ta’lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live