Get Mystery Box with random crypto!

#Xorijdan_perevod PEREVOD IMTIHONLARIDAN O'TGAN TALABALAR DIQ | 🇺🇿O'zbekiston yoshlari Qirg'izistonda🇰🇬

#Xorijdan_perevod

PEREVOD IMTIHONLARIDAN O'TGAN TALABALAR DIQQATIGA


Imtihonlardan muvaffaqqiyatli o'tgan talabalar endilikda nima qilish haqida so'rashmoqda. Endilikda qanday bosqichlar bo'lishini aytib o'tamiz:

Oliygohlar o'z rasmiy sahifalari, telegram kanallarida o'qishi ko'chirilgan talabalar ro'yxati (mandat)ni e'lon qilishadi

OTMlar telegram kanali orqali o'qishini ko'chirgan talabalar qachon kelishi lozimligini e'lon qilishadi

Oliygohga pasport bilan borasiz

Sizga aloqa xati beriladi va unda o'qishingiz ko'chirilgani sababli o'zingiz o'qigan joydan qanday hujjatlar olib kelish lozimligi haqida xorijiy OTM rektoriga aloqa xati yozilgan bo'ladi

Aloqa xatisiz hujjatlarni olib kelolmaysiz, sababi o'qishingiz ko'chirilgani aloqa xatida yozilgan bo'ladi, avvalgi o'qish joyingiz aloqa xatisiz sizga ishonmaydi

Oliygoh aytgan hujjatlarni olib kelishingiz uchun ma'lum muddat beradi, hujjatlarni bir kunda olib kela olmasligingiz aniq. Hech bo'lmasa bir hafta yugurasiz.

Hujjatlarni olib kelganingizdan keyin sizga bir yillik kontrakt hisoblab beriladi va uning ma'lum bir qismi (50 yoki 25%)ini to'lashingiz uchun yana muxlat beriladi.

Kontrakt to'lovini amalga oshirganingizdan so'ng siz talabalar safiga qabul qilinganlik to'g'risida buyruq chiqariladi. Ungacha haliyam xorijiy talaba hisoblanasiz.


Ana endi shu bosqichlardan keyin to‘liq O‘zbekiston talabasi hisoblanasiz!

https://t.me/uzbyoshlar_kg