Get Mystery Box with random crypto!

Fransiyada Abu Ali ibn Sino byusti oʻrnatildi Oʻzbekiston mad | OʻZBEKISTON TARIXI | Rasmiy kanal

Fransiyada Abu Ali ibn Sino byusti oʻrnatildi

Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi koʻmagida Fransiya tibbiyot instituti akademiyasida Abu Ali ibn Sinoning bronza byustini oʻrnatdi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev ham ishtirok etdi. Shuningdek, Parijdagi Tibbiyot akademiyasining Katta amfiteatrida Xalqaro “Avitsenna” mukofotini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Mukofotlarni Fransiya Tibbiyot akademiyasi Prezidenti janob Tran Ba Xyui topshirdi.

Bu yilgi Avitsenna – Ibn Sino mukofoti sovrindorlari orasida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati Vasiylik kengashi raisi, ERIELL xalqaro neft servis kompaniyasi rahbari Baxtiyor Fozilov ham bor.

Manba

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube