Get Mystery Box with random crypto!

Sayfiddin karvonsaroyi Buxoroda joylashgan bo‘lib, XIX asrda b | OʻZBEKISTON TARIXI | Rasmiy kanal

Sayfiddin karvonsaroyi Buxoroda joylashgan bo‘lib, XIX asrda barpo etilgan. Mazkur karvonsaroy dunyo bo‘ylab tijorat qiluvchi savdogarlar uchun qo‘nimgoh va boshpana bo‘lgan, ya'ni mehmonxona vazifasini bajargan.

Karvonsaroydagi maxsus xonalarda savdogarlar o‘z mollarini saqlashi, alohida qo‘ralarda jonivorlarini parvarishlashi, maxsus choyxonada esa tamaddi qilib, hammomda poklanishi mumkin bo‘lgan.

Karvonsaroyning o‘ziga xos nuqtalaridan biri pul ayirboshlash shahobchasi ham bo‘lgan. Sayfiddin karvonsaroyi nisbatan boy savdogarlar, qimmatli metallar bilan savdo qiladigan tijoratchilar uchun mo‘ljallangan.

Manba
 
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube