Get Mystery Box with random crypto!

Isitilgan tamaki sigaret bilan bir xilmi? Isitilgan tamaki che | UZBEK VIDEO CHANNEL

Isitilgan tamaki sigaret bilan bir xilmi?
Isitilgan tamaki chekish istagini kuchaytirib yuboradi, tayoqchalar esa sigaretalar bilan bir xil, degan qarashlar mavjud.

Tayoqchalar haqiqiy tamakidan tayyorlanganiga qaramay, ular oddiy sigaretlardan farq qiladi: ular yonmaydi, demak ular yonadigan mahsulotlarni chiqarmaydi. Tutun o‘rniga unda 95 foizgacha kamroq zararli moddalar chiqaradigan aerozol hosil bo‘ladi. AQSh Oziq-ovqat va dorilar idorasi (FDA) ularni “kamaytirilgan ta’sir kuchiga ega” mahsulot sifatida tasdiqladi.
Ko‘pgina mamlakatlar, jumladan, Yaponiya va Buyuk Britaniya tutunsiz mahsulotlarni muvaffaqiyatli tartibga solib, axborot kampaniyalarini o‘tkazdi, buning natijasida 6000 dan ortiq tarkibiy qismlari, jumladan, uglerod oksidi va kanserogenlar mavjud bo‘lgan sigaret tutunli tamaki chekuvchilar soni kamaydi.

Tamakisiz dunyo fondi (Smoke Free World) prezidenti, doktor Derek Yachning ta’kidlashicha, isitiladigan tamaki iste’molchilari kamdan-kam hollarda oddiy sigaretaga qaytadi, nikotinni muqobil usullarda iste’mol qilish esa salomatlik uchun xavf tug‘dirmaydi, aksincha kamaytiradi.