Get Mystery Box with random crypto!

PEDAGOGIKA YO'NALISHLARI BO'YICHA SIRTQI TA'LIM SHAKLI YOPILDI | O'zbekcha Telegram kanali

PEDAGOGIKA YO'NALISHLARI BO'YICHA SIRTQI TA'LIM SHAKLI YOPILDI!

2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarorga muvofiq, 2023/2024 oʻquv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Jumladan;
1.  60110600–Matematika va informatika
2.  60110700–Fizika va astronomiya
3.  60110800–Kimyo
4.  60110900–Biologiya
5.  60111000–Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
6.  60111400–Oʻzbek tili va adabiyoti
7.  60111500–Ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha)
8.  60111600–Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili
9.  60111700–Oʻzga tilli guruhlarda rus tili
10.  60111800–Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha)
11.  60112000–Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
12.  60112500–Maktab menejmenti
13.  60112600–Maktabgacha va boshlangʻich ta’limda xorijiy til (tillar boʻyicha)
14.  60112700–Maxsus pedagogika (faoliyat turlari boʻyicha_)_ sirtqi ta’lim shakliga qabul boʻlmaydi

Mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yoʻnalishlariga sirtqi ta’lim shakli boʻyicha oʻqishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yoʻnalishlarida sirtqi ta’lim shakli boʻyicha oʻqish istagida boʻlgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

@uzbektelegramchannel