Get Mystery Box with random crypto!

​​Kecha Milly bog’da ko’limiz qayta ochilibdi deb eshitdim. Xu | Uzbekonomics

​​Kecha Milly bog’da ko’limiz qayta ochilibdi deb eshitdim. Xursand bo’lib bir rasmlarini ko’ray degandim. Tabiiyki men suvsozlik bo’yicha mutaxassis emasman lekin bir-ikki narsa e’tiborimni jalb etdi. Gazeta.uz ochilishdan oldin foto reportaj qilgandi. O'sha reportajdagi rasmlarga qarasak ko’lning tubi gidroizolyatsiya qilinganini ko'ramiz, ya’ni suv gruntga ketmaydi. Sababi suv sizib chiqmasligi va loyqalanmasligi uchun ekan. Tabiiy ko’l emas katta basseynga o’xshab qolibdi.

Ikkinchidan, chuqurligi odam bo’yidan pastga o’xshayapti, rasmlarga qaraganda.

Albatta drondan rasm chiroyli chiqibdi. Lekin ko’lning maqsadi ko’l edi. O’sha ko’l (basseyn)dagi suv atrofdagi daraxtlar va o’tlardan alohida hayot kechiradimi? Shahar ekosistemasi uchun tabiiy ko’l muhim vazifani bajarishi kerak edi, faqatgina estetik emas. Ba’zilar aytishi mumkin, boshida bu yerda aslida delfinariy qurilmoqchi edi, jamoatchilik noroziligi ketidan uning o'rniga shu ko'l qisman qaytgani ham yaxshi bo'libdi deb. Lekin, bu tabiiy ko’lmi yoki katta basseyn? Rostdan ham taajjub.

Avvalroq yozgan edim: “Bundan roppa-rosa 82 yil oldin Toshkentning qoq markazida joylashgan, yaqin yillargacha Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻidagi ko’l ishga tushgan edi. U bog’ aholining ishtiroki bilan hashar orqali qurilgan edi. Ayniqsa ayollar chiqib, o’z qo’llari bilan xalq uchun, shahar uchun ko’lni qazigan, qurgan edilar."

@uzbekonomics