Get Mystery Box with random crypto!

​​Shahar hokimi jamoat transporti foydalanuvchisi. Yaqinda me | Uzbekonomics

​​Shahar hokimi jamoat transporti foydalanuvchisi.

Yaqinda men yashaydigan shahardagi metroning bir yo’nalishi bir oyga ta’mirlash ishlari uchun yopildi. Bu shahar aholisi tomonidan katta kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi, norozilar ko’p. Argumentlardan biri shundaki, bir necha dekadadan beri ta’mirtalab bo’lib qolgan metro liniyasini ancha avvalroq tuzatish kerak edi, ayniqsa Covid paytida kamroq yo’lovchilar foydalanayotganida. Hozirda talabalar o’qishga, ishchilar esa ta’tildan so’ng ofisga borishlari uchun bir dona yopilgan metro liniyasi katta muammolarni keltirib chiqaradi. Ya’ni, manzilga yetib olish uchun 2-3 marotaba “peresadka” qilishga to’g’ri keladi.

Bugun ertalab, shahar hokimi, Mishel Wu, o’z uyidan hokimiyatga qanday qatnaganini va yo’ldagi vaziyatni qadamma-qadam Twitterda reportaj qilibdi. Aytish joiz, Mishel Wu jamoat transportining doimiy foydalanuvchisi, ya’ni bu PR uchun qilingan bir marotabalik kampaniya emas. Aslida, bu shahar jamoat transportida yillar mobaynida juda katta muammolar yig’ilib qolgan: noto'g'ri boshqaruv, kam moliyalashtirish, boshqaruvchilarning malakasizligi, infratuzilma eskirib ketganligi va hkz. Shahar hokimining jamoat transporti siyosatiga ta’sir doirasi cheklanganligini inobatga olsak, u barcha muammoni yecha olmaydi. Lekin, kamida, o’zi jamoat transportidan foydalangani uchun muammoni o’z boshidan har kuni kechiradi.

Men nima dimoqchiman: jamoat transporti loyihalari, va unga aloqasi bo’lgan barcha qarorlar undan foydalanmaydigan odamlar tomonidan ishlab chiqib, undan foydalanmaydigan odamlarga taqdimot qilinishi emas, balki faqat undan foydalanadigan odamlar tomonidan undan foydalanadigan odamlar uchun qilinishi kerak. Jamoat transportida umuman yurmaydigan odam unda qanday muammo borligini qayerdan bilsin? Axir, jamoat transporti bu shaharni shahar qiladigan, va shaharning mutlaq ko’pchik aholisi foydalanadigan yagona transport infratuzilmasi.

Ha aytgancha, Mishel Wu, Boston shahri tarixida saylangan birinchi ayol va birinchi oq tanli bo’lmagan hokim hisoblanadi. U haqda NYT yaxshi maqola yozgandi.

Aytingchi, siz istiqomat qiladigan shaharda munitsipal rahbarlar jamoat transportidan muntazam ravishda foydalanadilarmi? Yoki, bir marotaba bo’lsa ham foydalanganmilar?

@uzbekonomics