Get Mystery Box with random crypto!

​​Meni havotirga soladigan narsa shundaki, bugun magnitola o’r | Uzbekonomics

​​Meni havotirga soladigan narsa shundaki, bugun magnitola o’rnatmasdan iste’molchiga avtomobil yetkazib berayotgan korxona ertaga mobodo avtomobilning boshqa qismini, ya’ni insoniyat tarixida eng muhim ixtirolardan biri, millionlab insonlar hayotini saqlab qolayotgan kichik qismini - xavfsizlik kamarini o’rnatmasdan chiqarsa ba’zi (ko’pchilik?) iste’molchilar uni sezmasliklari ham mumkin.

Agar tanlash huquqi berilsa, ya’ni avtomobilning oddiy komplektatsiyasi xavfsizlik kamarisiz chiqsa, va bu qism uchun shartli $20 qo’shimcha to’lash kerak bo’lsa, ba’zi (ko’pchilik?) iste’molchilar bundan voz kechishlari ham mumkinligi havotirga soladi.

To’g’risi, avtomobil ichida qanday qilib xavfsizlik kamarini taqmasdan o’tirish mumkinligi sabablari men uchun tushunarsiz. Kiyimni g’ijimlaydimi? Yurakni, nafas olish organlarini ezib qo’yadimi? Hunuk ko’rinadimi? Obro’ni tushuradimi? Yoki shunchaki avtomobilning bu qismi nima uchun kerakligi haqida tushuncha mavjud bo’lmaganmi?
Shaxsan men boshqargan avtomobilda, qaysi shahar/mamlakat bo’lishidan, qoidaviy talablardan qat’iy nazar, hech kim va hech qachon xavfsizlik kamarini taqmagan holda o’tirishiga yo’l qo’yilmaydi.

Ma'lumot va eslatma sifatida: oldi oʻrindiqda oʻtirgan yoʻlovchi/haydovchi xavfsizlik kamari taqilishi avtohalokat natijasida o’rtacha oʻlimga olib keladigan jarohatlanish ehtimolini va oʻlim ehtimolini 45-50% ga kamaytiradi.
Kecha taqmagan bo’lsangiz ham, ertaga to’g’ri qaror qabul qilasiz deb umid qilaman.

@uzbekonomics