Get Mystery Box with random crypto!

​​“Buxgalteriya” haqida. Obunachilarimiz faol, savollar beri | Uzbekonomics

​​“Buxgalteriya” haqida.

Obunachilarimiz faol, savollar berib turishadi, bugun bir obunachimiz so’rabdilar: “haqiqatdan ham tabdirkorlarga va jamiyatga buxgalteriya kerak emasmi, biznes boshqaruvda buxgalteriya kerakmi, dunyoda buxgalteriyaga talab yo’qmi?”

Avvalambor buxgalteriya bilan buxgalteriyanining katta farqi bor.

Hozir hech kim qo’lda tranzaksiyalarni debit-kredit qilib jurnalga ruchkada yozmasligi mumkin (ha, bu zerikarli va bunday narsalar avtomatlashib ketgan va buni tadbirkorlarning o’zlari bilishi shart emas, qo’shilaman albatta). Gap shundaki, har qanday korxona, shakli (private, public) va turidan (profit, non-profit) qat’iy nazar buxgalteriyasiz, moliyaviy hisobotlarisiz mavjud bo’lishi umuman mumkin emas. Korxonaning moliyaviy hisobotlarida aks etadigan raqamlar nafaqat o’sha korxonaning o’ziga, rahbariyatga balki bozordagi istalgan ishtirokchiga (regulyator, investorlar, iste’molchilar, raqobatchi, media, qarz berayotgan bankga, ishini ko’rayotgan yuristlarga vahokazolarga) juda kerakli ma’lumot hisoblanadi. Buxgalteriyasiz, ya’ni moliyaviy raqamlarsiz korxonaning narxi, qiymatini baholashning (valuation) umuman iloji yo’q.

Agar boshqacharoq aytadigan bo’lsam, bu semestrda kichik universitetimizning huqushunoslik fakultetida tahsil olayotgan bo’lajak yuristlar, sudyalarga va biznes maktabida MBA yo’nalishidagi talabalarga ”Moliyaviy hisobot va baholash” (Financial Accounting and Valuation) fanidan dars berayotgan inson sifatida “biznes boshqaruvda buxgalteriya kerakmi?” degan savolga javob berishga qiynalaman.

Aytmoqchimanki, hozir hatto huquqshunos bo’lib chiqayotgan talabalarimizning barchasi korxonani moliyaviy tahlil qilish va buxgalteriya fanlarini o’qiydilar. Masalan barcha turdagi yuristlar, shu jumladan davlat advokatlari, prokurorlar, jamoat manfaatlarini himoya qiluvchi huquqshunoslar, korporativ advokatlar, xalqaro savdo advokatlari va hatto konstitutsiyaviy huquqshunoslar moliyaviy hisobotlar va biznes baholanishini (valuation) muntazam ravishda kasblarida ishlatadilar va tanqidiy tahlil qiladilar. Bunday ko'nikmalar nizolarni taqdim etish, hal qilish, biznesni tartibga soladigan qarorlarni, regulyatsiyalarni taklif qilish, tanqid qilish va himoya qilishda ishlatiladi.

@uzbekonomics