Get Mystery Box with random crypto!

#DIQQAT Joriy yilning 2 may kuni “Telegram” ijtiomiy tarmog‘in | UZBEKONA | Расмий канал

#DIQQAT
Joriy yilning 2 may kuni “Telegram” ijtiomiy tarmog‘ining turli kanallarida e’lon qilingan O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi bo‘yicha qo‘yilgan ijtimoiy postlar yuzasidan
MA’LUMOT
Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasi tomonidan mazkur holatni o‘rganish maqsadida Moskva shahridagi “Vnukova”, “Sheremetevo”, “Domodedova” ayerportlarining mas’ul xodimlari bilan bog‘lanilib holatga aniqlik kiritilganda, Moskva shahridagi с Domodedovo, Vnukova, Sheremetova ayeroportlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududiga qo‘yilmayotganligi yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotganligi aniqlandi.
Bundan tashqari avtomashinalar orqali Rossiya Federatsiyasiga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi “Ozinki”, “Mashtakovo”, “Sagarchin” bojxona chegara postlaridagi holatlar ham o‘rganilganda, ushbu chegara postlari doimiy ish tartibida ishlayotganligi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya Federatsiyasi hududiga kirayotganligi malum bo‘ldi.

@UZBEKONA