Get Mystery Box with random crypto!

Sayt yopilmoqda! Assalomu alaykum uzbek-ninja.com obunachilar | 🎌 Uzbek-Ninja.com

Sayt yopilmoqda!

Assalomu alaykum uzbek-ninja.com obunachilari va qo`llab-quvvatlovchilari. Mamnuniyat va qisman g`amginlik ila saytimiz o`z faoliyatini Noyabr oyida to`xtatishini e`lon qilamiz.

Biz mamnunmizki sayt o`z maqsadlarini qisman bajara oldi. Sayt yaratilishiga turtki bo`lgan asosiy sabab bir necha yil oldin Yaponiya haqida ma`lumotlar O`zbek tilida umuman yo`q yoki kam bo`lganligi, maslahat beradigan odamlar kamligi, juda ko`p muammo (ayrim jinoyat)lar sodir bo`lishi edi.

Hozirda Yaponiya haqida juda ko`pchilikni bilimi va salohiyati, ma`lumot olish resurslarining ko`payganligi, muammolar sezilarli darajada kamayganligi, saytimizning maqsadi qisman bo`lsa ham amalga oshdi deb umid qilamiz. Buning uchun barcha obunachilar va kuzatib boruvchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Barchangizga minnatdorchilik bildirib,
Sayt Adminlari, Tarjimonlari, ITishniklari.

Katta rahmat.