Get Mystery Box with random crypto!

​​TUSHIMDA Koʻngil tamomila nomlandi xirsiy, Tobora gʻichirla | Uzbekjon | Blog

​​TUSHIMDA

Koʻngil tamomila nomlandi xirsiy,
Tobora gʻichirlar ostimda kursiy,
Zuxutdan dars bering, Salmoni Forsiy,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Koʻngil siltanmaydi koʻrsa ham tobut,
Bu holda ertaga boʻlaman nobud.
Holimni izohlang, Zayd ibn Sobit,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Ba’zan uyqu gʻolib, bomdod ham malol,
“Oʻrningdan tur”, debon yigʻlaydi hilol.
Azonni his qilay, oʻrgating Bilol,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Tinmagay Shayton deb: tinmasdan sayra,
Dunyo besh kunlikdir, erinmay yayra.
Kurashni oʻrgating, Abu Huroyra,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Qiyomat tongida ne erur nasab?
U kunda darz ketib, portlagay asab.
Dunyoga tupurish nedur, ey Musab?
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Zar qadrin biladi haqiqiy zargar,
Solihlar dunyodan qildilar xazar.
Oʻrgating asli ne taqvo, ey Abu Zar,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Tinmagay Shayton deb: tinmasdan sayra,
Dunyo besh kunlikdir erinmay yayra.
Kurashni oʻrgating, Abu Huroyra,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Bevafo koʻngildan charchadim noliy,
Istadim Robbimni uzlatda holi.
Mardlikni oʻrganay, xazrati Ali,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Vujudim titrasa, oʻqisam Qurʻon,
Koʻrganlar devona desalar hayron,
Bu holning siri ne, ey shahid Usmon?
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Qop-qora kechalar boʻlsin yop-yorugʻ,
Shayton xujumidan tamoman forigʻ.
Mardlikni oʻrgating, Umar ul Forugʻ,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Najot topgan qavm boʻldilar shokir,
Bunda yoʻq na nifoq, yoʻq erur makr.
Iymondan dars bering, ey Abu Bakr,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Qalbimdan oʻtganin biladi Alloh,
Boshqasi kerakmas, Allohim guvoh.
Bir bora boʻlsa ham, yo Rasululloh,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.


Xayrulla Hamidov

@Rumiy_AforizmlariUz / Ma'nolarning tuganmas jilosi
@Aforizmlari_Rumiy
https://t.me/joinchat/AAAAAFLLD9L9IdfDfzYdSg