Get Mystery Box with random crypto!

DARSLIKLARDAGI BARCHA 'BUXORIY'LAR 1)Imom al-Buxoriy “Al-jome | Tarixdan Testlar

DARSLIKLARDAGI BARCHA "BUXORIY"LAR

1)Imom al-Buxoriy
“Al-jome’ as-sahih” asari muallifi

2)Xurdaki Buxoriy
Samarqand sarbadorlari yetakchilaridan biri.

3)Muhammad Husayni Buxoriy
“Qibla tomonini topish ma'rifati” asari muallifi.

4)Hofiz Tanish Buxoriy
“Abdullanoma” asari muallifi

5) Muhammad Sharif Buxoriy
“Xoqonga foydali maslahatlar” asari muallifi,Mir Arab madrasasi mudarrisi

6) Muhammad Amin Buxoriy
“Ubaydullanoma" asari muallifi

7)Muhammad Ya'qub ibn Doniyolbiy Buxoriy
„Gulshanul-muluk" (Podshohlar gulshani) degan asar yozib qoldirgan.

8)Mir Olim Buxoriy
„Fathnomayi sultoniy" asari muallifi (XIX asr)

9)Mirzo Shams Buxoriy
“Bayoni ba'zi havodisoti Buxoro, Ho'qand va Qoshg'ar" (Buxoro, Qo'qon va Qashqarning ayrim voqea-hodisalari bayoni") kitobi muallifi

Muallif: To'lqin Ro'zmatov

Kanal: @Dtm_tarixdan_testlar