Get Mystery Box with random crypto!

Bir yilda sodir bo'lgan voqealar. 10-sinf Jahon tarixi. | Tarixdan Testlar

Bir yilda sodir bo'lgan voqealar.
10-sinf Jahon tarixi.


1922-yil voqealari.

1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha to‘qqiz davlat vakillari ishtirokida Vashington konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. (Uzoq Sharq va Tinch okeanidagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi qurollarni cheklash maqsadida).

1922-yili fiziolog olimlar Jon Makleod va Frederik Banting ko‘plab tajribalar jarayonida o‘t pufagi gormoni bo‘lgan insulinni olishga muvaffaq bo‘ldilar.

1922-yili inglizlar Misrning mustaqilligini tan olishga, Buyuk Britaniya Afg‘oniston va Eronning tashqi va ichki siyosatini nazorat qilishdan ham voz kechishga majbur bo‘ldi.

1918 – 1922-yillari Sovetlar respublikasida iqtisodni boshqarishning harbiy usuli – «harbiy kommunizm» siyosati o‘rnatildi.

1922-yil noyabrda Qizil armiya Vladivostok shahrini olib, Tinch okeaniga chiqishi bilan Rossiyada Fuqarolar urushi, asosan, yakunlandi.

1922-yili amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri SSSRning tashkil topishi bo‘ldi. Shu yili 30-dekabr kuni sobiq Rossiya imperiyasi hududida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashkil qilindi.

1922-yili imzolangan Rapallo shartnomasidan so‘ng Sovet Ittifoqi bilan Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanib bordi.

1922-yil oktabrda fashistik guruh larning mashhur Rimga yurishidan so‘ng qirol Viktor Emmanuil III Mussolinini hukumat boshlig‘i etib tayinladi.

1921 – 1922-yillari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan konferensiyada barcha ishtirokchi davlatlar Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatladi.

1922-yil oktabrga kelib Mustafo Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi.

1922-yil 1-noyabr kuni Turkiya Buyuk Millat majlisi sulton hokimiyatini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sulton Mexmed VI taxtdan ag‘darildi va mamlakatni tark etdi.

Kanal:
@Tarix