Get Mystery Box with random crypto!

#farqlash_uchun_foydali Andijonda 1885-yilda Darvishxon bos | Tarixdan Testlar

#farqlash_uchun_foydali

Andijonda 1885-yilda Darvishxon boshchiligida qo'zg'olon ko’tarildi;
Andijonda 1898-yilda Dukchi Eshon qo'zg'oloni bo’lib o’tdi.

1893-yilda Buxoro amirligi hududida birinchi jadid maktabiga asos solindi;
1884-yilda Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi Saidg'ani Saidazimboy uyida ochildi.

1911-yilga kelib O’rta Osiyoda yangi usul maktablarining soni 63 taga yetdi;
1916-yil 10-iyulda Eski Marg’ilonda 63 kishi otib o’ldirilgan.

Dukchi Eshon qo'zg'oloni yakuni bo'yicha 2 ming kishi hibsga olingan;
Jizzax qo’zg’oloni yakuni bo'yicha 3 ming kishi hibsga olingan.

1910-yilda Abdulla Avloniy islom tarixiga oid asar yozdi;
1910-yilda Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini yozdi.

1914-yilda Turkistonda "Favqulodda muhofaza holati" e’lon qilindi;
1916-yilda Turkistonda "harbiy holat" e’lon qilindi.

Kanal: @Tarix