Get Mystery Box with random crypto!

#Xushxabar #Tezkor Eski mashina egalari uchun ajoyib xushxab | O‘zbekiston 24

#Xushxabar #Tezkor

Eski mashina egalari uchun ajoyib xushxabar


Ekologiyani yaxshilash va havoni tozalash maqsadida eski mashina egalariga yangisini sotib olish uchun subsidiya beriladi!

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori (166-sonli, 29.03.2024) qabul qilindi.

Qarorda aytilishicha, iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda aholiga “zararli” toifadagi transport vositalarini “toza” toifadagi transport vositalariga almashtirish uchun subsidiya berish tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Subsidiya bu davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan beriladigan pul.

Eski mashinasi bor tanishlarga tezda bu xushxabarni yetkazib qo‘yinglar.

@Uzbekiston24