Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyaning Kursk viloyatida 7-sentabr kuni 14 nafar kishi sha | O‘zbekiston 24

Rossiyaning Kursk viloyatida 7-sentabr kuni 14 nafar kishi shaurma iste’mol qilishi tufayli zaharlangan. Bu haqda V1RU nashri xabar berdi.

Aniqlanishicha, Kursk viloyatining aholisi o‘tkir ichak infeksiyasi belgilari tufayli kecha tunda ommaviy ravishda tez yordam chaqirgan. Hammasi bo‘lib 14 nafar kishi zaharlangan, ularning barchasi shaurma iste’mol qilgani aniqlangan. To‘rt nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Jabrlanganlardan biri, 23 yoshli qiz yuqumli toksik shokdan kasalxonada vafot etgan.

@Uzbekiston24