Get Mystery Box with random crypto!

Tataristonning Qozon shahrida shifokorlar yuragi 16 marta to‘x | O‘zbekiston 24

Tataristonning Qozon shahrida shifokorlar yuragi 16 marta to‘xtab qolgan erkakni qutqarib qolishdi. Bemor yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Chistopol shahrida yashovchi 49 yoshli Gennadiy Maryasov qizini maktabdan olib ketayotganda o‘zini yomon his qilgan. Tuman ambulatoriyasida unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, keyin Gennadiy tez yordam mashinasida Respublika klinik shifoxonasiga yetkazilgan.

Bemor hozirda o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda.

@Uzbekiston24