Get Mystery Box with random crypto!

DTM Axborotnoma

Telegram kanalining logotibi uzbekistan_dtmuzb — DTM Axborotnoma D
Telegram kanalining logotibi uzbekistan_dtmuzb — DTM Axborotnoma
Kanal manzili: @uzbekistan_dtmuzb
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.69K
Kanalning ta’rifi

DTM maxsus axborot xizmati.
Reklama uchun: @ravshanjon_uz

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-06 19:21:30

Endi abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi. Hukumat qarori (696-son, 19.11.2021-y.) bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:

86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

Ushbu tartib 2022/2023-yil oʻquv yilidan qoʻllaniladi.

Barcha Abituriyentlarga tarqating!

Taʼlim yangiliklarini kuzatib boring:
@uzbekistan_dtmuzb
1.4K views16:21
Ochish/sharhlash
2023-02-06 06:46:20 ​​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.

Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

...Davomi audioda

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
1.1K views03:46
Ochish/sharhlash