Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Nogironligi bo‘lgan shaxslarga oliy ta’lim muass | DTM Axborotnoma

#Bilasizmi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar berilishini bilasizmi?!

I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar uchun alohida ikki foizli davlat granti kvotalari ajratiladi.

Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ko‘zi ojiz abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat granti asosida qabul qilinadi.

Taʼlim yangiliklarini kuzatib boring:
@uzbekistan_dtmuzb