Get Mystery Box with random crypto!

Elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi! Hukum | DTM Axborotnoma

Elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi!

Hukumat qarori (44–son, 31.01.2023-y.) bilan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

— tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma (9-sinf);
— tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnoma (9-sinf);
— umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma (11-sinf);
— umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
— umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
— psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat.

Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bunda har yili 1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli maʼlumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi. Shahodatnoma oʻzbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Barcha Abituriyentlarga tarqating!

Taʼlim yangiliklarini kuzatib boring:
@uzbekistan_dtmuzb