Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli yo‘lovchilar! 'Uzbekistan Airways' AJ 2020-yil 13-av | Uzbekistan Airways News

Hurmatli yo‘lovchilar!

"Uzbekistan Airways" AJ 2020-yil 13-avgustda Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter repatriatsiya qatnovini quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshirishni rejalashtirdi (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):

Toshkent - Nyu-York

Toshkentdan ketish vaqti - 06:45, Nyu-Yorkga qo‘nish vaqti -11:00

Nyu-York-Toshkent

Nyu-Yorkdan ketish vaqti - 13:00, Toshkentga qo‘nish vaqti - 10:00 +1.

Toshkent - Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnoviga aviachiptalarni "Uzbekistan Airways Sales" Markaziy sotuvlar ofisida 2020-yil 7-avgust kuni soat 9.30dan boshlab jonli navbat tartibida va yo‘lovchining o‘zi tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina sotib olish mumkin:
Xorijiy fuqarolar uchun - passport;
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - pasport va ketish uchun asos.
Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat etish lozim.

Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirish bo‘yicha o'z xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam so‘ramasligingizni so‘raymiz.

Sizga chiptada ko‘rsatilgan narxni "Uzbekistan Airways" AJ filialining kassasida to‘lagan pulingiz miqdori bilan solishtirishni tavsiya qilamiz.

O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!
Sizga yoqimli parvoz tilaymiz!