Get Mystery Box with random crypto!

'O'zbekinvest' EISK AJ sug'urta kompaniyasi tomonidan aksiyado | Uzbekinvest Sug'urta Kompaniyasi

"O'zbekinvest" EISK AJ sug'urta kompaniyasi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari vakillari uchun o'quv seminari o'tkazildi.

"O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasining bosh ofisida O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ko'magida "Direktorlar va boshqaruvchialr javobgarligi sug'urtasi" va "Bank xatarlarini sug'urtalash" mavzularida onlayn trening bo'lib o'tdi.

Ushbu seminar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-sonli "O’zbekiston Resbulikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmonini amalga oshirish, bozor muammolarni o'rganish va yechishga, sug'urta bozorini tajribali mutaxassislar bilan ta'minlashga, ularga o'z mutaxassisliklari bo'yicha amaliy ko'nikmalarni o'rgatishga, texnologiya va mehnatning ilg'or usullarini o'zlashtirishga qaratilgan.

Seminarga taklif qilingan ma'ruzachi - Vladimir Novak, "SEALINE Insurance Brokers LTD (Rossiya) bosh direktorining o'rinbosari trening ishtirokchilariga direktorlar va boshqaruvchilar javobgarligi sug'urtasi, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq bank xatarlaridan sug'urtalash to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.

Ushbu o'quv seminarni keng jamoatchilikka taqdim etishda ishtirok etgan barcha aktsiyadorlik jamiyatlari va tijorat banklari vakillariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.