Get Mystery Box with random crypto!

black INFO

Telegram kanalining logotibi uzbekarmiyan1 — black INFO B
Telegram kanalining logotibi uzbekarmiyan1 — black INFO
Kanal manzili: @uzbekarmiyan1
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-10-12 16:44:54
7-o‘rin: «Merkava IVm Windbreaker» — Isroil

Isroilliklar tank dizayni bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. G‘ayrioddiy «Merkava» asosiy jangovar tanki zirhli transport vositasi sifatida keng qo‘llanib kelinadi. «Merkava IVm Windbreaker» faol himoya tizimi bilan jihozlangan. Mazkur tizimni ko‘plab tank ishlab chiqaruvchi mamlakatlar sotib olib, o‘z tanklariga o‘rnatishgan. «Merkava IVm Windbreaker» 1500 ot kuchiga ega dizel dvigatel bilan jihozlangan. Tekis yo‘ldagi eng yuqori tezligi 64 km/soat, harakatlanish qiyin hududlarda tezlik 55 km/soatgacha tushishi mumkin. Ekipaj 4 kishini tashkil etadi. Shu bilan birgalikda 6 kishigacha yo‘lovchi olishi mumkin. Bitta «Merkava IVm Windbreaker» 4,5 million dollar atrofida baholanadi.


BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
https://t.me/uzbekarmiyaN1
2 views13:44
Ochish/sharhlash
2022-10-12 16:41:17
8-o‘rin: «Leopard 2A7+» — Germaniya

Sovuq urush davrida «Leopard» va «Abrams» G‘arbiy Germaniya va Amerika qo‘shma loyihasi sifatida boshlangan. Biroq, oxir-oqibat, mamlakatlar o‘z yo‘lidan borishga va o‘zlarining asosiy jangovar tanklarini mustaqil ravishda ishlab chiqishga qaror qilishgan. Bugungi kunda «Leopard 2» eng ko‘p eksport qilinadigan g‘arb tanklaridan biri. «Leopard 2» 1500 ot kuchiga ega dizel dvigatel bilan jihozlangan. Tekis yo‘ldagi eng yuqori tezligi 70 km/soat, harakatlanish qiyin hududlarda tezlik 45 km/soatgacha tushishi mumkin. Ekipaj 4 kishini tashkil etadi. «Leopard 2A7+» narxi — 6–6,5 million dollar atrofida.



BIZNI KUZATIB BORING!
https://t.me/uzbekarmiyaN1
2 views13:41
Ochish/sharhlash
2022-10-12 16:38:16
9-o‘rin: «M1A2C Abrams» (SEPv3) — AQSh.

G‘arb tanklarining uchinchi avlodiga mansub «M1A2C Abrams» to‘rtinchi avlod standartlariga moslashtirilgan. «Abrams» 1979-yildan beri ishlab chiqarilmoqda. «M1A2C Abrams» (SEPv3) faol himoya tizimining ilg‘or xususiyatlariga ega. Asosiy qurol – M256A1 120 mm silliq qurol bo‘lib, u turli snaryadlarni otishga mo‘ljallangan. «M1A2C Abrams» 1500 ot kuchiga ega dizel dvigatel bilan jihozlangan. Tekis yo‘ldagi eng yuqori tezligi 72 km/soat, harakatlanish qiyin hududlarda tezlik 48 km/soatgacha tushishi mumkin. Ekipaj 4 kishini tashkil etadi. Narxi — 6,21 million dollar atrofi


BIZNI KUZATIB BORING!
https://t.me/uzbekarmiyaN1
2 views13:38
Ochish/sharhlash
2022-10-12 15:52:31
T-14 Armata» yangi avlod (to‘rtinchi avlod) jangovar tanki bo‘lib, hozirgi vaqtda dunyodagi eng yaxshi tanklardan biri hisoblanadi. Taxminan 55 tonna og‘irlikdagi texnika tezkor harakatlari bilan diqqatga tushgan. Shuningdek, yangi takomillashtirilgan to‘p bilan jihozlangani uning qisqa masofali janglardagi ahamiyatini oshiradi. «T-14»ning asosiy quroli 2A82-1M 125 mm (4,92 dyuym) silliq to‘p bo‘lib, ikkilamchi qurol 300 o‘qli 12,7 × 108 mm Kord pulemyotidan va 7,62 × 54 mmR Pecheneg PKP yoki PKTM pulemyotidan iborat. «Armata» faol himoya tizimi va uch kishidan iborat ekipaj tizimi bilan jihozlangan. «T-14» 1500 ot kuchiga ega dizel dvigatel bilan jihozlangan. Tekis yo‘ldagi eng yuqori tezligi 80–90 km/soat. «T-14 Armata»ning birlamchi narxi — 3,7 million dollar atrofida.

NIMA DEB UYLAYSIZ RASSIYA, UKRAINA URUSHIDA QANCHAGA TUSHDI?

https://t.me/uzbekarmiyaN1
2 views12:52
Ochish/sharhlash
2022-10-12 14:45:27
Dunyodagi eng xavfli tanklarni qaysi davlatlar chiqaradi? (top-10

1917-yil 20-noyabr — Birinchi jahon urushida tanklardan birinchi marta keng foydalanish boshlangan. Tanklarning jahon sahnasiga chiqib kelishi tom ma’noda yangi davrga ishora edi. Bir asrdan ortiqroq vaqt o‘tib ham tanklar quruqlikdagi eng asosiy taktik jang texnikasi bo‘lib qolmoqda. Tanklarning asosiy mezonlari asosan himoya, otishma kuchi, aniqlik va harakatchanlikning birlashgan ballariga asoslanadi
......


Hozirda dunyodagi eng yaxshi 10 ta tank quyidagilar:

https://t.me/uzbekarmiyaN1
2 viewsedited  11:45
Ochish/sharhlash
2022-10-12 13:58:54 Ассалому Алайкум.

|Black info| каналига Хуш келибсиз!
2 views10:58
Ochish/sharhlash