Get Mystery Box with random crypto!

«Wiki-stipendiya» marafoni e'lon qilindi! Yoshlar ishlari age | Internationale Jugendorganisation Usbekistans in Deutschland

«Wiki-stipendiya» marafoni e'lon qilindi!

Yoshlar ishlari agentligi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Wiki-stipendiya» marafonini e'lon qiladi. Bundan asosiy maqsad internet tarmog'ida o'zbek tilidagi foydali ma'lumotlarni ko'paytirishdan iboratdir.

G'oliblar: 1-o'rin 50 mln so'm, 2-o'rin 40 mln so'm, 3-o'rin 30 mln so'm pul mukofotlari bilan, bundan tashqari, eng faol beshtalikning har biri 20 mln so'm, eng faol o'ntalikning har biri esa 10 mln so'mlik bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi.

Marafon shu yilning 20-mayidan 20-dekabriga qadar o'tkaziladi. Marafonda ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_bot Telegram boti orqali ro'yxatdan o'ting.

Ayni damda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "WikiStipendiya marafoni: maqsad va kutilayotgan natijalar" mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Matbuot anjumanini jonli kuzatish uchun havola:




Telegram | Instagram | Facebook |

www.wayu.uz