Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar vizasi haqida ko'p savollar bo'lgani uchun bu haqda | Uzbek students in Korea

Talabalar vizasi haqida ko'p savollar bo'lgani uchun bu haqda avval qo'yilgan postni eslatma uchun qo'yamiz.
Bu post 2020 yil may oyida e'lon qilingan edi. Shundan keyin elchixona talabalar vizasi haqida boshqa yangilik qo'ymaganligi sababli shu talablar haliyam o'z kuchida bo'lsa kerak.
———————-
Koreya elchixonasi o'zbekistonlik talabalar uchun beriladigan D-2 va D-4 vizalarini olish talablarini qiyinlashtirdi.

Talabalar orasida noqonuniy muhojirlar sonining keskin oshib ketishi sababli viza hujjatlariga quyidagi o'zgarishlar kiritildi.

1. Bank depozit hujjatlari:

Bakalavr, magistr va PhD uchun 20,000$ lik ddepozit bank hisobraqamida kamida 3 oy davomida turgan bo'lishi shart.

D-4 viza - til kurslari uchun KDB Bankdagi hisobraqamda 3 oy davomida turgan bo'lishi shart.

Agar bank ma'lumotnomasida depozitning saqlanish muddati aniq ko'rsatilgan bo'lsa boshqa banklardan olingan ma'lumotnoma ham qabul qilinishi mumkin.

2. Ota-onasi daromadlari haqida ma'lumot

Ota-onasi rasmiy ish joyidan ma'lumotnoma (ingizchaga tarjima qilingan bo'lishi va berilgan tashkilot telefon raqamlari ko'rsatilgan bo'lishi shart)
-Ota-onasining bank kartalari hisob raqamlaridagi pul kirim-chiqimlari haqida ma'lumotnoma yoki shaxsiy mol-mulkka egalik haqida ma'lumotnoma

Viza berilmagan holatda, berilmagan kundan boshlab 3 oy davomida qayta hujjat qabul qilinmaydi (avval 1 oy edi)

4. Tilni bilish sertifikati. Qalbaki sertifikatlar ko'payib ketganligi sababli:

Ingliz tili bo'yicha bakalavr, magistr, PhD: eng kamida IELTS 5.5, TOEFL 530, yoki TOEFL IBT 71 sertifikati ham qo'shimcha topshiriladi. Sertifikating haqiqiyligi elchixonada tekshiriladi.

Koreys tilida o'qiydiganlar uchun: kollej uchun TOPIK 3, universitet uchun TOPIK 4 va undan yuqori.

Yuqoridagi talablar 2020 yil 1-may kunidan amal qiladi deyilgan.
——————-

@uzbek_students_korea