Get Mystery Box with random crypto!

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi COVID-19ga chalingan tal | Uzbek students| Talabalar blogi

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi COVID-19ga chalingan talaba haqida xabar berdi

22-yanvar kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining rus tili va adabiyoti fakulteti talabasida COVID-19 infektsiyasi aniqlangan. Bu haqida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Repost.uz ga xabar bergan.

Ushbu talaba bilan muloqotda bo'lganlar va fakultet hududida bo'lganlarga 14 kunga o'zini-o'zi yakkalash tavsiya etildi.

Hozircha 4-etaj butunlay karantinga olingan va dezinfektsiya qilinmoqda. Fakultetdagi barcha talabalar 2 haftaga masofaviy ta'limga o'tkazilgan.

"Yangi haftadan, ya'ni 24-yanvardan boshlab 2-3-4-bosqich talabalar sessiyani onlayn topshirishadi. 1-bosqich talabalari 8-fevraldan boshlab offlayn rejimga o'tishadi" — deydi vazirlik.

Xorijiy fakultetdan boshqa barcha fakultetlar offlayn rejimda o'qishni davom ettiraverishadi. OTMda gigiyena qoidalariga amal qilgan holda darslarga qatnashish tavsiya etilmoqda.

Manba

@Uzbek_students