Get Mystery Box with random crypto!

Bu dunyo bevafo yolg'onchi dunyo Omonat joningni haq bir kun o | Seriallar UZ | Rasmiy kanal

Bu dunyo bevafo yolg'onchi dunyo
Omonat joningni haq bir kun olar
Paymonang to'lsa gar boqmas bir qiyo
Sendan ham qolar u mendan ham qolar

Quvonma besh kunlik topgan zaringga
Qiyomatda yararmi biror koringga
Bir bora quloq tut ko'ngil zoringga
Sendan ham qolar u mendan ham qolar

Do'stim tarixga solgin bir nazar
Qo'llari bo'sh ketgan hatto Iskandar
Boshingni baland tut qabrga qadar
Sendan ham qoladi mendan ham qolar

Kimgadir shon shavkat obru ziyoda
Kimga ulov berar kimdir piyoda
Ezgu amallaring qolsin dunyoda
Sendan ham qolar u mendan ham qolar

Oyatillo Turg'unboyev

kudratovich_blog