Get Mystery Box with random crypto!

#diqqat #muxum O'zbekiston Respublikasi aholisiga televideni | OʻZBEK OVOZI | Rasmiy kanali

#diqqat #muxum

O'zbekiston Respublikasi aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta'minlash maqsadida Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi - «RRTM» DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o'chirib, profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.

“RRTM” DUKning raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida, teleradio uzatkichlarida, antenna-fider tizimlarida va sunʼiy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida profilaktika ishlari joriy yilning 1-23-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Navbatdagi rejali profilaktika ishlari 1-23-noyabr kunlari jadval asosida har bir hududda navbatma-navbat tungi soat 01:00 dan 06:00 gacha teleuzatkichlarda profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu muddat oralig‘ida har bir hududda (Toshkent shahridan tashqari) faqat bir kun tungi soat 01:00 dan 06:00 gacha davlat va nodavlat telekanallarni efirga uzatilishi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

To'xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o'zgartirish tavsiya etilmaydi.

Bu haqida
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
rasmiy saytida e'lon qilindi

Bizni kuzatib https://t.me/tuyoqli