Get Mystery Box with random crypto!

BMT: 2040-yilga kelib Afrikadagi barcha muzliklar erib ketishi | OʻZBEK OVOZI | Rasmiy kanali

BMT: 2040-yilga kelib Afrikadagi barcha muzliklar erib ketishi mumkin

2040-yilga kelib Kilimanjaro, Keniya va Ruvenzori togʻlaridagi muzliklar butunlay yoʻq boʻlib ketishi mumkin. “Bu Afrika qitʼasidagi umumiy harorat oshishi shiddat bilan davom etayotganiga bogʻliq”, deyiladi Butunjahon meteorologiya tashkiloti bayonotida.

Bayonotga koʻra, ayni vaqtda Afrikadagi uchta togʻ muzliklar bilan qoplangan, xolos. Bu Keniya (Keniya), Ruvenzori (Uganda) va Kilimanjaro (Tanzaniya) togʻlaridir. Garchi ushbu togʻlardagi muzliklar yirik suv zaxirasi sifatida xizmat qilish uchun oʻlcham jihatidan kichiklik qilsa ham, ular turizm va ilm-fan nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Iqlimshunoslar oradan 10 yil vaqt oʻtib kuniga 1,9 dollar evaziga hayot kechiruvchi 118 million afrikalik suv toshqinlari, qurgʻoqchilik va jazirama havo muammosi bilan toʻqnash kelishlarini prognoz qilganlar.

Kanal manzili
@Erkin_Yoshlar