Get Mystery Box with random crypto!

Gunohkormisan?Xatolaring koʻpmi?Alloh huzurida tiling lol,yuzi | 🎀O‘ZBEK KELIN 🎀

Gunohkormisan?Xatolaring koʻpmi?Alloh huzurida tiling lol,yuzing shuvutmi?
Maʼsiyatlaring sabab yuragingga choʻmgan dahshatli mahzunlikning davosi yoʻq deb oʻylaysanmi?
Yuraging gunohlaring aslo kechirilmaydi deya xarxasha qilyaptimi?
Koʻnglingni xira qilma,umidingni shaytonga taslim etma,tavbaga shoshil.Axir qaysi gunohing Allohni rahmatidan kabiyr boʻla oladi-ki?

Ushbu hadis senga kuch-quvvat,yuzinga tabassum,qalbinga najot,kelajakka esa umid boʻlsin!

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh alayhissalom dedilar-
“Agar gunoh qilmasanglar Alloh taolo sizlarni ketgazib,oʻrningizga boshqa bir qavmni keltiradi.
Ular gunoh qiladi va Allohga istigʻfor aytib,magʻfirat tilaydi.
Va Alloh ularni magʻfirat qiladi.”
Imom Muslim rivoyati

Unutma xatokorlarning eng yaxshisi tavba qilguvchilardir.
Osiyo Abdulazim qizi

Bu juma afvimizga vasila boʻlsin.Robbim bizni bu foniy dunyoda ahli islom qilganidek,boqiy dunyoda ahli jannatlardan aylasin!

JUMA MUBORAK QADRLILARIM

@UZBEK_KELIN