Get Mystery Box with random crypto!

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 'Nabiy solla | Oʻzbek

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Shayton biringizga kelib: "Buni kim yaratdi? Uni kim yaratdi?" deydi. Hatto: "Robbingni kim yaratdi? ham deydi. Qachon shunga yetganda, u ALLOH dan panoh soʻrasin va bas qilsin", dedilar".
Uchovlari rivoyat qilganlar

Mazkur holat yuzaga kelganda darhol: "Аъузу биллаҳи минашшайтонир рожийм", deb ALLOH dan panoh soʻrasin, mazkur hayollarni miyasidan quvsin!(99-bet)

Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Hadis va hayot kitobi, 2-juz, 98-bet