Get Mystery Box with random crypto!

​​Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunal | UZBEK TV

​​Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari eʼlon qilindi

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan joriy yildan boshlab quyidagi 6 ta oliy taʼlim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazilishi belgilangan:

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining


fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining


xorijiy tillar boʻyicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi.

DTM kasbiy (ijodiy) imtihon formatini (barcha tillar uchun) va test namunalarini (ingliz tilidan) eʼlon qildi:

Kasbiy (ijodiy) imtihon formati (barcha tillar uchun):
https://dtm.uz/page/format_kasbiy

Test namunalari (ingliz tilidan):
https://dtm.uz/page/test_namunalari_kasbiy


@Talim_Vazirligi