Get Mystery Box with random crypto!

[O’Z] Kecha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va B | Emb of Uzbekistan to EU & Benelux

[O’Z] Kecha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan amalga oshirilayotgan " Afg'on ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini Qozog'iston va O'zbekistonda ta'lim berish va kadrlarni tayyorlash orqali qo'llab-quvvatlash" Mintaqaviy loyihasi doirasida O'zbekiston oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan afg'on ayol talabalari uchun Qishki maktab o'z ishini boshladi.

Qishki maktab Qozog'istondagi “BMT-Ayollar” tuzilmasi hamda “Narxoz” universiteti huzuridagi Gender iqtisodiyotini o'rganish markazi (GERC) bilan birgalikda tashkil etildi. 2021 yil 1-5 fevral kunlari bo'lib o'tadigan Qishki maktabning maqsadi - afg'on ayol talabalarning gender tengligi, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish, shaxsiy va kasbiy rivojlanish, ijtimoiy qo'shilish, tinchlik, xavfsizlik va yetakchilik sohalarida ta'lim salohiyatini rivojlantirish va oshirishdir.

2020 yil dekabr oyida ushbu 10 nafar afg'on ayollaridan iborat birinchi guruh Toshkent davlat agrar universitetida agronomiya bo'yicha texnik va kasb-hunar ta'limi dasturida o'qishni boshlagan edi. Batafsil: https://europa.eu/!Ny78yr

***
[RU] 1 февраля стартовала Зимняя школа для студенток из Афганистана, обучающихся в вузах Узбекистана в рамках Регионального проекта «Поддержка расширения экономических прав и возможностей афганских женщин путем обучения и подготовки кадров в Казахстане и Узбекистане», финансируемого Европейским союзом (ЕС) и реализуемого Программой развития Организации Объединенных Наций (ПРООН). Школа организована структурой «ООН-женщины» в Казахстане, совместно с Центром исследований гендерной экономики (GERC) при Университете «Нархоз».

Цель зимней школы, которая пройдет до 5 февраля 2021 г. – повышение потенциала студенток из Афганистана в области гендерного равенства, расширения экономических прав и возможностей, личностного и профессионального развития, социальной инклюзивности, мира, безопасности и лидерства.

Как мы сообщали ранее, в декабре 2020 года 10 афганских женщин начали свое обучение в Ташкентском государственном аграрном университете по Программе технического и профессионального образования и обучения в области Агрономии.

Подробнее: https://europa.eu/!qr33Rn

UNDP Uzbekistan #EU4Women #EU4HumanRights #EUCA