Get Mystery Box with random crypto!

​​Aziz vatandoshlar, Ilgari xabar qilganimizdek, 2021 yilda | Emb of Uzbekistan to EU & Benelux

​​Aziz vatandoshlar,

Ilgari xabar qilganimizdek, 2021 yilda Benilyuks mamlakatlari va Daniyadagi vatandoshlar ishtirokida o'tkaziladigan Elchixonaning tadbirlar rejasiga muvofiq, joriy yilning 8 fevral kuni soat 11.00 (Bryussel vaqti) buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan onlayn-anjuman tashkil qilinadi.

Tadbir respublikamizning tegishli vazirlik va oliy o'quv muassasalari vakillari hamda konsullik okrugidagi diaspora tashkilotlarining hamkorligida o'tkaziladi.

Tadbirga quyidagi lavha orqali bog'lanishingiz mumkin: https://zoom.us/j/96578071078,
konferentsiya identifikatori 965 7807 1078.
Tadbirning dasturi qo'shimcha ma'lum qilinadi.

Hurmat bilan,
O'zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi.