Get Mystery Box with random crypto!

«UZ» domeni, tug‘ilgan kuning bilan! ⠀ 1995-yil 29-aprelda b | Uzbek Developers

«UZ» domeni, tug‘ilgan kuning bilan!

1995-yil 29-aprelda birinchi bora «UZ» yuqori daraja domeni paydo bo‘ldi va unga vakolat berildi.

1995-yildan 2001-yilgacha barcha xohlovchilar uchun bepul ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2001-yilda domenni boshqarish huquqi O‘zbekistondagi vakiliga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi PF-3080-son Qaroriga muvofiq 2003-yil mart oyida milliy domenni boshqarish huquqi «UZ» milliy domeni administratori bo‘lgan UZINFOCOM Markaziga topshirildi.

Ushbu domen hududi ma'muriyatining asosiy yo‘nalishi — bu, provayderlar tarmog‘ining turli nuqtalarida, jumladan, xorijda ham joylashgan «.UZ» domen hududi DNS serverlariga texnik xizmat ko‘rsatishdan iborat.

Servislarni nazorat qilish, bozorda raqobat muhitini yaratish hamda domen nomlari va ICANN, IANA, APTLD, RIPE NCC va shu kabi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro harakat almashish borasida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish.

Muhim!

2021-yilgacha O‘zbekistonda 92 000 dan ziyod faol domen nomlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan;

Yil boshida ularning soni – 86.664 donani tashkil etdi;

Jami, o‘sish – 5.2%.

Statistika oshaversin, domenlar miqdori esa geometrik progressiyada o‘saversin.

@uztelecomuz

Doʻstlaringizga ulashing:
https://t.me/joinchat/RLeO8FwER_B1MH3M