Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkiyada boʻladi | UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkiyada boʻladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif doirasida Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qoʻshma uchrashuvini oʻtkazadilar.

Kanalga ulanish: 
@uzauz