Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentdagi Texnopark hududiga yaqin joylas | UZAUTO MOTORS UZ/РУ

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentdagi Texnopark hududiga yaqin joylashgan maydonda Chevrolet avtomobillari saqlanayotgani aks etgan video tarqaldi.

Haqiqatdan ham, ko‘rsatilgan hudud UzAuto Motors'da ishlab chiqarilgan mahsulotlarni vaqtincha saqlash joyi bo‘lib, ular turli xil sabablarga ko‘ra chaqiruv kompaniyasi tomonidan qaytarib olingan. Ayni damda omborda 100 ga yaqin Chevrolet avtomobillari yig‘ilgan bo‘lib, ular bosqichma-bosqich o‘zgartirishlar kiritish uchun zavodga yuborilmoqda.

Biz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi va sifati standartini ta’minlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Bu o‘z navbatida muammolarni har tomonlama nazoratga olishni va aniqlanganlarni tuzatishni o‘z ichiga oladi.

UzAuto Motors kompaniyasi sizning ishonchingizni qadrlagan holda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida hamkorlikni davom ettirishda mustahkam turadi.