Get Mystery Box with random crypto!

UzAuto Motors dilerlar bilan seminar-trening o‘tkazdi UzAuto | UZAUTO MOTORS UZ/РУ

UzAuto Motors dilerlar bilan seminar-trening o‘tkazdi

UzAuto Motors kompaniyasi vakillari tomonidan dilerlik markazlari mutaxassislari uchun “Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari talablari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Kompaniyaning Sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish direksiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur seminar-treningda 89 ta dilerlik markazlaridan 167 nafar mutaxassislar ishtirok etishdi.

Dilerlik markazlari vakillari uchun tashkil etilgan trening 4 bosqichni qamrab oldi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish sohasidagi dilerlik mutaxassislar talablari tanishtirildi, so‘ngra Global kafolat boshqaruvi (GWM) global kafolat tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari olib borildi, Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayoni muhokama etildi, Texnik ma’lumotlar va diagnostika tizimi (GSI) Axborot servisi ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Batafsil ..