Get Mystery Box with random crypto!

Asaka avtozavod xodimlariga transport xizmatini ko‘rsatishni y | UZAUTO MOTORS UZ/РУ

Asaka avtozavod xodimlariga transport xizmatini ko‘rsatishni yaxshilash, yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish, harakat tarkibini zamonaviy avtobuslar bilan yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ayni paytda xodimlar uchun 58 ta yo‘nalish bo‘yicha transport xizmati ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, chet ellik mutaxassislar uchun 2 ta avtobus yo‘nalishi bo‘ylab xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, korxona xodimlarining talablariga binoan joriy yilda yana qo‘shimcha 2 ta yangi yo‘nalish ochilishi rejalashtirilmoqda.

Toʻliq video tez fursatda