Get Mystery Box with random crypto!

KOʻRGAZMANING YOPILISHIGA COBALT CLUB ISHTIROKCHILARI TASHRIF | UZAUTO MOTORS UZ/РУ

KOʻRGAZMANING YOPILISHIGA COBALT CLUB ISHTIROKCHILARI TASHRIF BUYURISHDI

“UzAuto Motors” kompaniyasi
Hilton Auto Expo avtomobillar koʻrgazmasining yopilish marosimiga Cobalt club ishtirokchilari bilan birgalikda tuning qilingan Chevrolet Cobalt avtomobillarini namoyish etish uchun tadbir tashkillashtirdi.

Tadbirda 50 ga yaqin klub ishtirokchilari oʻzlarining tashqi tomondan tuning qilingan hamda ichi bezatilgan avtomobillari bilan ishtirok etishdi.

«UzAuto Motors»ning koʻrgazmadagi stendiga tashrif buyuruvchilar turli xildagi tuning faralar, radiator panjalar, diskalar, kolonkalar va albatta, “graffiti” uslubidagi dizaynga munosib baho bera olishdi.

Tadbir davomida tashrif buyuruvchilarga Burnout-probuksovka (turgan joyda shinalarning aylanishi), shuningdek, Tashkent City hududida Drift elementlari bilan “Ilon” attraksioni mahorati namoyish etildi.

Motor shovqinlari hamda shinalardan chiqayotgan tutunlar — tomoshabinlarni bagʻoyatda xursand qildi.

YouTube'da tomosha qilish