Get Mystery Box with random crypto!

“UZAUTO MOTORS”DAN QISHDA AVTOMOBILINGIZNING XAVFSIZ HARAKATLA | UZAUTO MOTORS UZ/РУ

“UZAUTO MOTORS”DAN QISHDA AVTOMOBILINGIZNING XAVFSIZ HARAKATLANISHI UCHUN FOYDALI YO’RIQNOMA

Avtomobilingiz qishga tayyormi? Qorli yo’llarda o’zingizga ishonib avtomobilni boshqarishingiz uchun nimalarni bilishingiz kerak? Biz siz uchun bir nechta tasviyalarni tayyorladik.

1. Eng avvalo, avtomobilni to’liq texnik ko’rikdan o’tkazing
2. Shinalar. Shinalar holati avtomobilingiz xavfsizligi, xususiyatlari va tejamkorligi jihatidan juda muhimdir. Yozgi shinalar bilan qorli yo’llarda harakatlanmang. Yozgi shinalar bilan qor, muz ustida avtomobilni boshqarish xavfli ekanligini yodda tuting. Shinalar holatini muntazam ravishda tekshirib boring.
3. Dvigatel moyi va filtrga alohida e’tibor qaratgan ma’qul. O’z vaqtida almashtirish kerak.
4. Oyna tozalagichlar (Dvorniklar) holatini tekshiring. Nosozliklarni o’z vaqtida bartaraf eting. Zarurat bo’lsa ularni almashtirganingiz ma’qul.
5. Antifriz. Oyna tozalash uchun mo’ljallab quyilgan suvni muzlamaydigan maxsus suyuqlik bilan almashtiring.

Shuningdek, avtomobilingizda tez tibbiy yordam qutisi hamda zahira g‘ildiraklarni shay holatga keltirib qo‘yish maqsadga muvofiq.

Yo’lingiz hamisha ravon va bexatar bo’lsin!