Get Mystery Box with random crypto!

Bugun «O’zavtosanoat' tomonidan Toshkent viloyati Nurafshon sh | UzAuto_official

Bugun «O’zavtosanoat" tomonidan Toshkent viloyati Nurafshon shahar "Nurafshon avto centre» dilerlik salonida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Navro‘z sayli tashkil etildi.

Bayram dasturxoniga ushbu hududda istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar taklif qilindi.

Tadbirni UzAuto boshqaruv raisi Sh.Umurzakov ochib berib, barchani yasharish va yangilanish va ezgu niyatlar ayyomi Navro‘zi olam bilan samimiy tabrikladi.

Xonandalar tomonidan ijro etilgan bahor, yoshlik va Navro‘zni madh etuvchi kuy-qo‘shiq va raqslar hamda dorbozlarning chiqishlari barchaga chinakam bayram kayfiyatini ulashdi.