Get Mystery Box with random crypto!

UzAuto Motors latofatli ayol xaridorlarini tabriklaydi Bahor | UzAuto_official

UzAuto Motors latofatli ayol xaridorlarini tabriklaydi

Bahor bayramlarga boy fasl. Bugun yurtimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda.

UzAuto Motors dilerlik markazlari xodimlari bu qutlugʻ ayyomda yangi avtomobil sotib olishga kelgan moʻtabar onaxonlar, goʻzal opa-singillar, oqila qizlarni bayram bilan qutlashdan bagʻoyat xursand.

Soʻnggi paytlarda avtomobil boshqarayotgan go‘zal ayollar ko‘payib borayotgani quvonchli, albatta. Bugungi kunda UzAuto Motors avtomobillarining deyarli 15 foizi aynan ayollar tomonidan xarid qilingan. 2021-yilda esa bu ko'rsatkich 13% ni tashkil etgan.

Chevrolet avtomobillarini tanlaganingizdan xursandmiz!