Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzimizda ishlab chiqarilgan birinchi Chevrolet Onix Oʻzbekist | UzAuto_official

Oʻzimizda ishlab chiqarilgan birinchi Chevrolet Onix Oʻzbekiston yoʻllarida

Ayni paytda mamlakatimizda bayramona kayfiyat shukuhi kezib yuribdi. UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarda katta qiziqish uyg’ota olgan, eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy Chevrolet Onix avtomobilini yetkazib berishni boshladi.

Bugundan boshlab yilning eng kutilgan avtomobili Chevrolet Onixni shahar ko'chalarida uchratishingiz mumkin. Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interyer hamda qulaylik va xavfsizlik uchun barcha zarur opsiyalarni oʻzida mujassamlashtiradi.

O’zgacha dizayn va zamonaviy opsiyalar hamda yuqori xavfsizlik texnologiyalariga ega bo’lgan ushbu avtomobil modeli yurtimiz avtomobilsozlik sanoati rivojlanishida oldinga tashlangan yana bir ulkan muvaffaqiyatli qadam bo'ldi.