Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yil boshida UzAuto Motors 280 ming dona avtomobil ishlab | UzAuto_official

Joriy yil boshida UzAuto Motors 280 ming dona avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi, bu o’tgan yilga nisbatan 21 foizga ko‘pdir. Ammo Chevrolet avtomobillariga talab ortib borayotganligi sababli kompaniya 2022-yil uchun rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini 340 ming donagacha oshirishga erishdi, bu o‘tgan yilgi hajmdan 44 foizga oshadi. Joriy yil boshidan buyon kompaniya konveyerlardan 290 ming dona avtomobil ishlab chiqardi.

Shubhasiz, konveyerlar va ishchilarning ishi to'xtab qolishiga yo’l qo’yib bo’lmasligi munosabati bilan, kompaniya komponentlari to'liq bo’lmagan avtomobillarni ishlab chiqarishga qaror qildi.

Detallarning kirgan partiyasi zudlik bilan to’liq jihozlanmagan avtomobillarga o’rnatiladi, shundan so’ng ular o’z mijozlariga topshiriladi. O‘tgan davr mobaynida 11 ming donaga yaqin avtomobil shu tarzda jihozlandi, bu esa ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkonini berdi.

Batafsil ma'lumotlarga: http://surl.li/duzgs

Facebook | Instagram | Web | YouTube