Get Mystery Box with random crypto!

«Oʻzagrosugʻurta» AJ

Telegram kanalining logotibi uzagrosugurta_aj — «Oʻzagrosugʻurta» AJ O
Telegram kanalining logotibi uzagrosugurta_aj — «Oʻzagrosugʻurta» AJ
Kanal manzili: @uzagrosugurta_aj
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 744
Kanalning ta’rifi

«Oʻzagrosugʻurta» AJ kompaniyasining rasmiy kanali
Админ: @uzagrosugurta1997
Tel.: 71 216-05-00
Qisqa raqam: 1186
Manzil: 100156, Toshkent sh., Chilonzor t., 19-mavze, 61/2
Rasmiy sayt: www.agros.uz
Yozma murojaat uchun: j.qodirov@agros.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-09 06:01:30
"Oʼzagrosugʼurta” АJ barcha yurtdoshlarimizni xalqimizga xos mehr-muruvvat, bagʼrikenglik va saxovat ifodasi boʼlgan Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi!

Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin!

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
215 views03:01
Ochish/sharhlash
2022-07-08 09:16:29
“Konstitutsiyaviy islohotlar – davlat va jamiyat demokratlashuvining kafolatidir”

“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda qonun loyihasiga mas’ul bo‘lgan qo‘mita ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korruptsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zolari, kompaniya boshqaruvi hamda videokonferentsaloqa orqali barcha hududlardagi filiallar xodimlari ishtirok etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
293 views06:16
Ochish/sharhlash
2022-07-08 08:50:06
Bu qiziq!

Tabiiy ofatlardan himoyalanishning har hil usullari bor.

Kimdir sugʼurtaviy himoyani afzal koʼrsa, yana kimdir boshqa bir yoʼl tutadi.

Masalan, Yaponiya doʼkonlarida tsunami vaqtida omon qolish uchun maxsus kapsulalar sotiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
271 viewsedited  05:50
Ochish/sharhlash
2022-07-07 08:22:25
Sugʼurta xizmatiga ishonasizmi?
Anonymous Poll
72%
Ha
14%
Yoʼq
1%
Foydalanmayman
10%
Sugʼurta hodisasiga uchramaganman
3%
Bu xizmatga qiziqmayman
136 voters317 views05:22
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:20:16
"O'zagrosug'urta": sug'urta —moliyaviy barqarorlik kafolatidir

Qashdaryoda qishloq xo‘jaligiga oid sug‘urta xizmatlari, uning soha vakillari orasidagi qamrovi to‘g‘risida "Tafsilot" dasturi orqali maxsus lavha namoyish etildi.

Dehqon va fermerlar lavha davomida hosildorlikni kafolatlashda sug‘urtaning ahamiyatli jihatlari haqida munosabat bildirgan.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
316 views11:20
Ochish/sharhlash
2022-07-05 15:31:28
#bilasizmi

Bu qiziq!

Eng qimmat Mona Liza kartinasi $3.000.000.000 ga sugʼurtalangan.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
432 viewsedited  12:31
Ochish/sharhlash
2022-07-04 12:49:20
Milliy o‘zligimizning bosh mеzoni

Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.

Oradan o‘ttiz yil o‘tib o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishga qaratilgan yana bir muhim hujjat imzolandi. Prezidentimizning 2019-yil 21-oktyabr kuni “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni imzolandi.

Hozirgi globallashuv har qanday halq va davlatni o‘zining milliy madaniyati, qadriyatlari, an’analarini va ayniqsa, tilini asrab-avaylash hamda rivojlantirib borishni taqozo etmoqda. Shunday ekan, o‘zbek tilining obro‘-e’tiborini oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etilishini ta’minlash har bir millatdoshimizning muqaddas burchi bo‘lmog‘i lozim.

BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
347 views09:49
Ochish/sharhlash
2022-07-01 15:17:54
“Oʻzagrosugʻurta” AJ Boshqaruvi Axborot xizmati menejeri lavozimiga TANLOV e’lon qiladi

Tanlov oʻtkazilayotgan lavozimga bilimli, tashabbuskor, kreativ fikrlovchi, malakali va tajribali yosh kadrlarni jalb etish maqsad qilingan.

Nomzodlarga talablar, tanlov bosqichlari va shartlari haqida mazkur www.agros.uz havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun
talabgor-nomzodlar quyida berilgan elektron pochta manziliga (pasport, diplom(lar), ma’lumotnoma-ob’ektivka) yuborishi lozim.
vakant@agros.uz

Hujjatlar 2022-yil 15-iyulga qadar qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
597 views12:17
Ochish/sharhlash
2022-07-01 09:53:53
#qadribalandonatilim

“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovi eʼlon qilindi

Tanlov to‘rtta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

“Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi.

“Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘rtasida aniqlanadi.

“O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

“O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yo‘nalishida yozuvchi, shoirlar ishtirok etadi.

Tanlov joriy yilning 1-iyulidan 1-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

Batafsil maʼlumot:
www.til.gov.uz saytida
(71) 215-53-98, (71) 239-86-99

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
376 views06:53
Ochish/sharhlash
2022-06-30 17:58:49
«O‘zagrosug‘urta» AJ Boshqaruvi raisi yosh mutaxassislarni ayyom bilan tabrikladi

Boshqaruv raisi Shuhrat Rasulov uchrashuv avvalida tizimdagi barcha yosh mutuxassis kadrlarni 30-iyun «Yoshlar kuni» bilan samimiy muborakbod etib, bugungi kunda kompaniya tizimida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning malakasini oshirish va lavozim pillapoyalari bo‘ylab o‘sishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi. Kompaniya rahbari tizimdagi yosh mutaxassislarning takliflari, savollari va fikr-mulohazalariga quloq tutib, ularni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyorligini alohida ta’kidladi.

BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Sayt
542 views14:58
Ochish/sharhlash